Slovakiya kompaniyasi bolalar tibbiyot markazini bepul jihozlaydi

© Sputnik / Sergey MelkonovBolnitsa v Valge. Kompyuterniy tomograf
Bolnitsa v Valge. Kompyuterniy tomograf - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Slovakiya kompaniyasi yangi diagnostika-davolash markaziga 7 mln dollarlik asbob-uskunalarni bepul yetkizib beradi.

TOShKENT, 9 avg – Sputnik. Slovakiyaning Synecta kompaniyasi Toshkent viloyatida joylashgan Respublika Bolalar harakat-tayanch tizimi reabilitatsiya markaziga bepul jihozlaydi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

“Hukumat qarori bilan markazni kengaytirish choralari ko‘rilgan. Slovakiyalik kompaniya uni jihozlashda bepul yordam beradi”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Slovakiya kompaniyasi 200 o‘ringa ega bo‘lgan davolash-diagnostika markaziga qiymati 7 mln dollar bo‘lgan kerakli tibbiyot texnikasini yetkizib beradi. Umumiy qiymati 20 mln bo‘lgan yangi korpus qurilishi loyihasi 2017-yilda yakunlash rejalashtirilgan.

Respublika Bolalar harakat-tayanch tizimi reabilitatsiya markazi 2009-yilda Respublika bolalar Poliomelit kasalxonasi asosida tashkil qilingan edi. 100 o‘ringa ega bo‘lgan ifoxona, bugungi kunda O‘zbekistonning barcha hududlaridan bolalarni qabul qilmoqda. Markazga har kuni mingga yaqin bolalar murojaat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0