TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Rossiyaning Federal Antimonopoliya xizmati (FAX) Applega qarshi ma’muriy ish qo‘zg‘atdi, deyilgan qo‘mita xabarida.
“Ish “Raqobatnin himoya qilish haqidagi” qonunining 11 bandi 5 qismiga asosan jismoniy shaxslar va OOO "Eppl Rus", Apple Holding B.V., Apple Sales Ireland, Apple Operations International, Apple Inc. Kompaniyalariga iarshi qo‘zg‘atilgan", — deyilgan FAX xabarida.
FAX aytishiga qaraganda, Rossiya bozorida 2015-yilning oktabr oyida paydo bo‘lgan Apple iPhone 6s va iPhone 6s Plus modellariga, kompaniyaning asosiy resellerlari bo‘lgan MTS, "M.Video", "Bilayn", "Eldorado", "Yevroset", OZON, Re:Store, "Svaznoy", "Megafon", "Yulmart", Media Markt, "Sitilink", "Xolodilnik.ru", DNS, ION (Nou-Xau), "Texnosila" magazinlarida bir xil narxlar o‘rnatilishi bo‘lgan.
O‘tkazilgan tergov ishlari natijasida Rossiyada smartfonlar paydo bo‘lganidan keyin ma’lum muddat davomida bir xil narxlar ushlab turilgani aniqlangan. Undan tashqari kompaniyanig boshqa smartfonlari narxi ham bir xil bo‘lgan.
“Antimonopoliya qo‘mitasi fikriga ko‘ra, ushbu narxlar “uyg‘unligi” Apple kompaniyasi tomonidan resellerlarga belgilangan yoki “maslahat berilgan” narxlar bo‘lishi mumkin. Buning oqibatida Rossiya bozorida “maslahat berilgan” narxlar majburiy narxlarga aylangan”, — deyilgan qo‘mita xabarida.
Apple kompaniyasining ushbu xabarga o‘zining izohini hali bergani yo‘q.