Rossiya Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasini sudga beradi

© REUTERS / PILAR OLIVARESOlimpiyskiy park v Rio-de-Janeyro.
Olimpiyskiy park v Rio-de-Janeyro. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RPQ vitse-prezidenti Pavel Rojkov paralimpiyachilar faqat chet ellarda doping nazoratidan o‘tayotganini va jamoada Maklaren hisobotida tilga olingan 35 sportchidan biror kishi yo‘qligini alohida ta’kidladi.

TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Rossiya  Paralimpiya qo‘mitasi (RPQ), paralimpiyachilar jamoasi 2016-yilgi olimpiadadan chetlatilishi munosobati bilan, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasini (XPQ) sudga beradi.    

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi 7-avgust kuni Richard Maklaren boshchiligida tuzilgan WADA hisobotiga asoslanib, Rossiya Paralimpiya jamoasini Paralimpiya-2016  o‘yinlarida qatnashish huquqidan mahrum qilgan edi.

Rossiya Paralimpiya qo‘mitasi ta’kidlashiga ko‘ra, jamoasida Maklaren hisobotida ko‘rsatilgan, birorta ham sportchi yo‘q. Rossiya Paralimpiya qo‘mitasi rahbari Vladimir Lukin qo‘mita ushbu qaror ustidan shikoyat qilishini e’lon qildi.

RPQ prezidentining birinchi o‘rinbosari Pavel Rojkov, qo‘mita ayni damda CAS yoki boshqa sudga murojaat qilish haqida o‘ylab turganini xabar qildi. Shu bilan bir vaqtda Rojkov Rossiya paralimpiya sportchilari musobaqalarda qatnashishiga umid bildirdi.

Rojkov aytishiga qaraganda, XPQ appelyatsiya muddatini 7 kungacha qisqartirgan, shuning uchun ham vaqt juda tanqis. RPQ 15-avgustga qadar appelyatsiya arizasi topshirishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0