Turkiyada Sputnik saytiga kirish qayta ochildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishPavilon mejdunarodnogo informatsionnogo brenda "Sputnik"
Pavilon mejdunarodnogo informatsionnogo brenda Sputnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya Aloqa va Telekommunikatsiya vazirligi Sputnik Turkiya saytiga kirish mumkinligi haqida xabar qildi.

TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Turkiya Aloqa vazirligi Sputnik Turkiya agentligi sahifasini “blokirovka”dan chiqardi, deb xabar qilmoqda, Sputnik Turkiya  rahbari Maxir Boztepe.

“Turkiyada bizning saytimizga kirish qayta ochildi. Moskva vaqti bilan soat 10:00 dan foydalanuvchilardan saytga kirish imkoni paydo bo‘lgani haqida xabarlar ola boshladik. Biz ushbu ma’lumotlarni tekshirib, sayt ishga tushganini bildik. Keyin esa Aloqa va Telekommunikatsiya vazirligi tomonidan saytga kirish mumkinligi haqida xabar paydo bo‘ldi. Hozir unga kirish mumkin”, — dedi Boztepe.

Eslatib o‘tamiz, Anqara aprel oxirida Sputnik nashri sahifasiga kirshni cheklab qo‘ygan edi. O‘shanda Sputnik bosh redaktori Tural Kerimovning  akkreditatsiyasi va Yashashga ruxsatnomasi bekor qilinib unga Turkiyaga kirish ta’qiqlangan edi.

Sputnik Turkiya sahifasi blokirovka qilinganidan keyin agentlik yangiliklarni o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida chop etib kelgan. Undan tashqari iOS va Android tizimlarida mobil dasturlar ham ishlab turgan edi.

Yangiliklar lentasi
0