AQShda "UZBEK" avtomobil raqami qayd etildi

© Greg GjerdingenAmerikanskie avtomobili
Amerikanskie avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunday “maxsus” nomerlar uchun, odatda 10-25 $ to‘lov olinadi.

TOShKENT, 8 avg — Sputnik. AQShda ilk bor “UZBEK” avtomobil davlat raqami qayd etildi. Farg‘onalik Jahongir ismli immigrant o‘z avtomobili suratini Instagram ijtimoiy tarmog‘i sahifasida joylashtirdi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz sahifasi.

Nashr xabariga ko‘ra, AQShda fuqarolar o‘z avtomobillari davlat raqami sifatida har qanday son yoki harfni, hatto iborani ham olishi mumkin. Albatta ular takrorlanmasligi va boshqalarni haqorat qilmasligi kerak.

Bunday “maxsus” nomer uchun davlatga 10-25 dollar to‘lov to‘lash kerak bo‘ladi. Nomer tayorlash uchun uch hafta vaqt kerak bo‘ladi. Tayor bo‘lgan davlat raqami fuqaroning uy adresiga yuboriladi.

 

© InstagramAQShda birinchi bor UZBEK avtomobil davlat raqami ro‘yxatga olindi.
Vpervie v SShA zaregistrirovan avtomobilniy nomer UZBEK - Sputnik O‘zbekiston
AQShda birinchi bor UZBEK avtomobil davlat raqami ro‘yxatga olindi.

 

Yangiliklar lentasi
0