Rioda Rossiyalik suzuvchilarga hushtak chalib norozilik bildirishdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishOlimpiada 2016. Plavanie.
Olimpiada 2016. Plavanie. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik suzuvchilar Andrey Grechin, Danila Izotov, Vladimir Morozov va Aleksandr Suxorukov musobaqaga kirish vaqti tomoshabinlar hushtak chalib norozilik bildirishdi.

TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Rio-de-Janeyrodagi olmpiadada Rossiya suzuvchilar jamoasiga kroll estafetasining final musobaqasi vaqtida  tomoshabinlar hushtak chalib o‘z norozoligini bildirgan.

Rossiyalik suzuvchilar Andrey Grechin, Danila Izotov, Vladimir Morozov va Aleksandr Suxorukov musobaqaga chiqish vaqti tomoshabinlar hushtak chalib norozilik bildirishdi.  

“Men oxirgi 15 metrda harakat qilishga qiynaldim. Bugun medal ololmaganimizdan afsusdaman. Bizga hushtak chalib norozilik bildirishlari – kutilgan voqea edi”, — dedi Rossiyalik suzuvchi Morozov jurnalistlarga.

Musobaqa natijasiga ko‘ra, AQSh jamoasi g‘olib bo‘lgan, Rossiya to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Morozov Olimpiadada qatnashish huquqini Sport arbitraj sudi, bir marta amalga oshirilgan qoidabuzarlik uchun ikki marta jazo berilmaslik huquqi asosida, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining qarorini bekor qilganidan keyin, qo‘lga kiritgan edi. Morozovning ismi sharifi Richard Maklaren boshchlik qilgan komissiya hisobotida ko‘rsatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0