O‘zbekiston samolyoti Sankt-Peterburgda favqulodda qo‘ndi

Obuna bo‘lish
Voqea sabablarini aniqlash uchun maxsus tergov guruhi Pulkovo aroportiga yuborildi.

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston Havo yo‘llari aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan Boeing-757 samolyoti Pulkovo aeroportiga eson-omon qo‘ndi.

Yakshanba kuni, Sankt-Peterburgning Pulkovo aeroportidan O‘zbekistonga yo‘l olgan samolyotb havoga ko‘tarilganidan keyin dvigatellardan biri ishlamay qolgan. Samolyot ekipaji, Pulkovo aeroportiga qaytishga qaror qilgan. Samolyotda 180 yo‘lovchi bo‘lgan.

“Peterburgdan Farg‘onaga uchayotgan Boeing-757 samolyoti, balandlikka ko‘tarilish vaqti, dvigatellaridan biri ishlamay qolgan. Aeroportga qo‘nishdan  oldin samolyot yonilg‘i hajmini kamaytirgan”, — dedi voqeadan xabardor bo‘lgan kishi.

"Soat 16.32 da samolyot muvaffaqiyatli qo‘ndi”, — deyilgan xabar so‘nggida.

Ayni damda, maxsus tashkil qilingan tergov guruhi tomonidan favqulodda qo‘nish sabablari aniqlanmoqda, deb xabar qildi Rossiya Tergov qo‘mitasi.

“Voqea joyiga tergov guruhi yo‘l olgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra ma’muriy qaror qabul qilinadi”, —  deyilgan Rossiya Tergov qo‘mitasi Shimoli-G‘arbiy transport boshqarmasi xabarida.

Yangiliklar lentasi
0