Toshkentdan Buxoroga - 3,5 soatda

Obuna bo‘lish
Buxoro – Samarqand poyezd yo‘li elektrlashtirilganidan keyin, tezurar poyezdlar Toshkentdan Buxoroga yo‘lovchilarni 3,5 soatda olib boradi.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Yaqin kunlar ichida tezurar poyezdlar Toshkentdan Buxorogacha 3,5 soatda yetib boradigan bo‘ladi, deb xabar bermoqda Nuz.uz sahifasi.

Nashr xabariga ko‘ra, ayni damda Samarqand Buxoro orasida temir yo‘lni elektrlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Temir yo‘lning Navoiy va Buxoro bo‘lagi qayta ta’mirdan chiqdi. Endi poyezdlar ushbu yo‘ldan 160 km/soat tezlik bilan harakatlanishi mumkin. Maroqand — Navoi yo‘nalishida esa 140 km yangi poyezd yo‘li qurildi. Poyezd yo‘li qurilishi bilan bir vaqtda stansiyalar, piyodala o‘tish joyi, ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarham qurib bitkazildi. Qurilgan inshootlarning umumiy hisobi 220tani tashkil qildi.

Temir yo‘lining Samarqand – Buxoro bo‘lagi elektrlashtirilganidan keyin, tezurar poyezdlar ushbu yo‘ldan harakatlanishi mumkin. Uzunligi 620 km bo‘lgan  masofani poyezdlar 3 soatu 30 minutda bosib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 22-iyunida Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li ishga tushirilgan edi. Mamlakatda temir yo‘li xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj katta. Bugungi kunda temir yo‘li orqali 70 % yuklar va 60% yo‘lovchilar tashib o‘tkaziladi,  “Afrosiab” poyezdi xizmatlaridan 1 milliondan ortiq kishi foydalangan.

Yangiliklar lentasi
0