Rio-de-Janeyroda Olimpiada ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSeremoniya otkritiya XXXI letnix Olimpiyskix igr v Rio-de-Janeyro
Seremoniya otkritiya XXXI letnix Olimpiyskix igr v Rio-de-Janeyro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Marosim Olimpiada Braziliyaga xos tabiat go‘zalligi va xilma-xillikini hamda quvonchni namoyish qildi.

TOShKENT, 6 avg —  Sputnik. Braziliyadagi “Markana” stadionida yozgi Olimpida o‘yinlarining yorqin va rang-barang ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Tashkilotchilar fikriga ko‘ra, ochilish marosimi Olimpiada mezboniga xos bo‘lgan tabiat, xilma-xilligini, quvonchni namoyish qilgan.

Olimpiya o‘yinlari olovini yoqish sharafi Afinada 2004-yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi, braziliyalik marafonchi Vanderleyu Kordeyr nasib etgan.

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSeremoniya otkritiya XXXI letnix Olimpiyskix igr v Rio-de-Janeyro
Seremoniya otkritiya XXXI letnix Olimpiyskix igr v Rio-de-Janeyro - Sputnik O‘zbekiston
Seremoniya otkritiya XXXI letnix Olimpiyskix igr v Rio-de-Janeyro

“XXXI olimpiya o‘yinlari ochiq deb e’lon qilinadi”, - dedi Braziliya prezidenti vazifasini bajaruvchi Mishel Temer.

Yorqin va rang-barang tomoshadan va undan keyin bo‘lib o‘tgan 207 mamlakat sportchilari paradidan keyin “Marakana” minbariga Olimpiya o‘yinlari rahbari Karlos Nuzman va XOQ rahbari Tomas Bax chiqishdi.

“Bu yerda sportchilar, volonterlar va yoshlar tomonidan tarix yoziladi. Braziliya dunyoni bag‘rini keng ochib kutib oladi. Biz o‘z orzularimizdan voz kechmaymiz, biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz. Biz birlik, tinchlik va sportga “Ha” deymiz. Rio tarix yozishga tayor”, - dedi Nuzman.

Bax, qiyinchiliklarga qaramasdan Braziliya Olimpiya o‘yinlariga tayorgarlik ko‘rishga qurbi yetgaga o‘zining qoyil qolganini aytib o‘tdi.

“Biz ishonmaslik, krizis va umidsizlik dunyosida yashamoqdamiz. Olimpiada – bu bizning javobimiz. Sportchilar yonma-yon yashab bellashmoqda. Men sizlardan o‘z-o‘zingizni va sport ruhini hurmat qilishni so‘rayman”, — “Olimpiya o‘yinlarida biz barchaga bir xil munosobatdamiz. Qochqinlar jamoasi – bizning birligimiz misolidir”, — dedi Tomas Bax.

Marosimi vaqtida “Marakana” stadioni yaqinida bir guruh yoshlar, tartibsizlik uyushtirishga harakat qilgan. Ular davlat bujeti mablag‘i sarf qilinishiga o‘z qarshiligi belgisi sifatida Braziliya bayrog‘i va volonter futbolkasini yoqib yuborishgan. Politsiya ularga qarshi ko‘z yoshlantiriuvchi gaz va shovqin granatasi ishlatishga majbur bo‘lgan.

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSeremoniya otkritiya XXXI letnix Olimpiyskix igr v Rio-de-Janeyro
Seremoniya otkritiya XXXI letnix Olimpiyskix igr v Rio-de-Janeyro - Sputnik O‘zbekiston
Seremoniya otkritiya XXXI letnix Olimpiyskix igr v Rio-de-Janeyro
Yangiliklar lentasi
0