TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekistonda avgust oxirida Senat majlisi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Majlisda Ichki Ishlar, Davlat Yoshlar siyosati, Mehnat Muhofazasi va boshqa bir necha qonunlar qabul qilish rejalashtirilgan.
“Majlisda bir qator qonunlar, jumladan “Davlat yoshlar siyosati haqida”, “Ichki IShlar haqida”, “Mehnatni muhofaza qilish haqida”, “Hayvonot olamini qo‘riqlash va foydalanish haqida” va boshqa qonunlar ko‘rib chiqiladi”, — deyilgan Kengash xabarida.
“Ichki Ishlar haqidagi” qonun O‘zbekiston Ichki Ishlarning asosiy vazifalarini, rivojlanish yo‘nalishlarini hamda faoliyatining boshqa jihatlarini yagonda qonunda birlashtiradi.
“Yoshlar siyosati haqidagi” qonun loyihasi mamlakatda davlat yoshlar siyosatining qonuniy asoslarini mustahkamlash, yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatlari imkoniyatlarini davlat va jamiyat rivojlanish yo‘lida tadbiq qilish uchun huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy asos yaratadi.
O‘zbekistonda ikki palatali parlament mavjud. Qonunchilik palatasi besh yillik muddatga saylanadigan 150 deputatdan tashkil topgan. Senat esa parlamentning yuqori palatasi bo‘lib – 100 nafar deputatdan tashqil topgan. Deputatlar respublikaning har bir viloyat va Qoraqalpog‘iston respublikasidan 6 kishidan tanlanadi. Undan tashqari 16 senat a’zosi prezident tomonidan mamlakatning eng obro‘li fuqarolari orasidan tayinlanadi.