TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Ertaga Vatskie Polyani shahrida birinchi bosh kiyimlar festivali bo‘lib o‘tadi. Ushbu bayram Vatki shahri tadbirkorlari uyushmasi hamda shahar ma’mriyati bilan birgalikda tashkil qilingan, Nuz.uz xabari asosida.
2014 yilda Vatskie Polyani shahridan bo‘lgan ikki sayohatchi tadbirkor Valeriy Smolyuk va Oleg Uvarovlar Natmaster loyihasini boshlagan edi. Ular ushbu davr mobayinida dunyoning turli mamlakatlariga avtomobil sayohati tashkil qilib, turli millat bosh kiyimlarini kolleksiyasini jamlagan. Uning asosida Bosh kiyimlar muzeyi tashkil qilingan.
Bu yil loyiha davom ettirildi va sayohatchilar O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistonga yo‘l olishdi. U yerdan 100dan ortiq noyob milliy bosh kiyim namunalari olib kelindi. Ushbu do‘ppilar endi yangi mezey eksponatlaiga aylanadi.
Dunyo xalqlari bosh kiyimlari muzeyi Rossiyada yagona bosh kiyimlar muzeyi bo‘lib, u yerda Rossiya, Osiyo, G‘arbiy Yevropa, Shimoliy amerika, Avstraliya xalqlari bosh kiyimlari to‘plamlari bor. Shuningdek muzeyda Tarixiy bosh kiyim, Bayramona bosh kiyim, Dizayner yasagan bosh kiyimlar bo‘limlari mavjud.
Muzey maydoni 200 metr kvadrat bo‘lib, u yerda bir vaqtda 250 dar ortiq eksponatlar namoyish qilingan.