Larisa Moskaleva yangi guruh tashkil qildi

© LARA MIA & G-FORCE BANDLARA MIA & G-FORCE BAND
LARA MIA & G-FORCE BAND - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oldin Marvarid taxallusi bilan ijro etgan Larisa Moskaleva LARA MIA & G-FORCE BAND guruhini tashkil qildi.

TAShKENT, 5 avg — Sputnik. 17 tilda qo‘shiq kuylovchi, taniqli O‘zbekistonlik ijrochi Larisa Moskalova ijodining yangi bosqichiga o‘tdi. Ijrochi turli millat vakillaridan tashkil njgufy professional musiqachilar bilan birgalikda LARA MIA & G-FORCE BAND musiqiy guruhini tashkil qildi.

Asli Toshkentlik bo‘lgan ijrochi Rossiyaning "Utrennyaya zvezda" konkursida g‘olib bo‘lgan, 5 ta musiqiy albom yaratgan.  

“O‘z ijod yo‘limda, superprofessional musiqachilardan tashkil topgan jamoa bilan yangi bosqichni boshlayapman. Musiqachilaridan har biri bir necha asboblarda kuy ijro eta oladi.  Ularning har biri dunyoning katta sahnalarida, buyuk musiqachilar bilan birgalikda ijro etish tajribasiga ega”, — dedi Moskalova o‘z muxlislariga.

Larisa yaqin orada o‘zining yangi loyihasi haqida va uning qatnashchilari haqida batafsilroq hikoya qilib berishni va’da berdi.

Ijrochi yangi guruh bilan birgalikda jaz uslubida ijro etgan birinchi qo‘shig‘ini taqdim etdi:

Shunisi qiziq-ki, estrada qo‘shiqchisi sportda ham katta muvaffaqiyatlarga qozongan. Moskalova O‘zbekistonda tayekvondo bo‘yicha qora kamar sohibi bo‘lgan birinchi ayol sportchidir.

Larisa o‘zining yakkaxon qo‘shiqchilik vaqtida Isroil, Germaniya, AQSh, BAA, Pokiston, Xitoy, Ozarbayjon, Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va boshqa mamlakatlarda gastrolarda bo‘lgan.

 

Yangiliklar lentasi
0