"G‘arbiy Afrika gubernatori" barcha nasroniylarni yo‘q qilishga so‘z berdi

© AP Photo"Boko Xaram" terrorchilik uyushmasi
Boko Xaram terrorchilik uyushmasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nigeriyalik terrorchilar uyushmasi - "Boko Xaram"ga Abu Musab Al-Barnaviy rahbar etib tayinlandi. Reyter agentligi ma’lumotiga ko‘ra, "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Al-Barnaviyga "G‘arbiy Afrika gubernatori" lavozimini hadya qilgan.

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. "Boko Xaram" terrorchilik uyushmasining yangi yetakchisi jangarilar yo‘lida uchraydigan barcha nasroniylarni yo‘q qilishga so‘z berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Nigeriyalik terrorchilar uyushmasi — "Boko Xaram"ga Abu Musab Al-Barnaviy rahbar etib tayinlandi. Reyter agentligi ma’lumotiga ko‘ra, "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Al-Barnaviyga "G‘arbiy Afrika gubernatori" lavozimini hadya qilgan.

"Har bitta cherkovni minalab, portlatamiz, biz bu narsaga o‘zi bilan xoch olib yurgan fuqarolarni o‘ldirish orqali erishishimiz mumkin", — deb aytgan Al-Barnavi "ID" nashriga bergan intervyusida.

"Boko Xaram" yetakchisi uning rahbarligi ostida jangarilar "territoriyani orqaga qaytarish" ustida ishlashlarini ma’lum qilgan. Al-Barnaviy terrorchilik uyushmasiga qo‘shilayotgan yoshlar soni kundan-kunga ortib borayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Boko Xaram" Nigeriyada o‘z faoliyatini amalga oshirib kelayotgan radikal islomiy guruhdir. Jamoaga a’zo jangarilar g‘arb ta’lim modeliga keskin qarshi chiqib, mamlakat hududi bo‘ylab shariat qonunlarini joiy qilish bilan shug‘ullanadilar.

Yangiliklar lentasi
0