TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Toyyip Erdo‘g‘on 9-avgustda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ikki mamlakat orasidagi munosobatlar rivojlantirishning yo‘l xaritasini tuzib olishadi, dedi Turkiyaning Rossiyadagi elchisi Umit Yardim.
«Mamlakat rahbarlari ikki tomon uchun muhim bo‘lgan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilishadi. Muzokaralar avval yuzma-yuz, keyin esa delegatsiyalar orasida bo‘lib o‘tadi. Albatta, prezidentlar 9-avgustda bo‘lib o‘tadigan muzokarala davomida, ikki mamlakat orasidagi munosobatlar rivojlanishining yo‘l xaritasini tuzib olishadi”, — dedi diplomat.
Uning so‘zlarga qaraganda, uchrashuvdan keyin “mansabdor shaxslar, biznes, iqtisod, jamiyat va madaniyat vakillari ularni hayotga tadbiq qiladi”, — dedi.
“Shuni ishonch bilan aytishim mumkin-ki, bu tarixiy uchrashuv bo‘ladi. Biz bir oydan beri unga tayorgarlik ko‘rmoqdamiz”, — dedi elchi.
Yardim aytishiga qaraganda, prezidentlar “Turk oqimi” gaz o‘tkazgichi loyihasini muhokama qiladilar. Elchi prezidentlar uchrashuvi nafaqat ushbu loyihaga balkim, Moskva va Anqara hamkorligining barcha sohalariga turtki beradi.
“Energetika sohasi – bizning mamlakatlar uchun eng muhim sohalardan biri. Bu Rossiya gazi va kamroq darjada, neftini yetkazib berishga ham taaluqli”, — dedi elchi.
Elchi aytishiga qaraganda, Turkiya uchun muhim bo‘lgan loyihalardan yana biri – bu “Akkuyu” atom elektr stansiyasi qurilishi. Anqara ushbu loyihani amalga oshirishga astoyidil bel bog‘lagan.
Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvi 9-avgust kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuv 2015-yilning noyabrida, Rossiya Su-24 samolyoti Turkiya osmonida urib tushirilganidan keyin, Putin va Erdo‘g‘onning birinchi uchrashuvi bo‘ladi. Mamlakatlar orasidagi munosobatlar Erdo‘g‘on yozgan kechirim xatidan keyin yana iliqlasha boshladi.