TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Akie Abening ushbu tashrifi Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening mamlakatimizga rasmiy tashrifining mantiqiy davomi bo‘ldi, deb xabar qiladi "Jahon" AA.
Akie Abe, shuningdek, yapon harbiylari mangu qo‘nim topgan maskanni ziyorat qilgan. Mehmon vatandoshlari xotirasiga bunyod etilgan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘ygan.
Kunning ikkinchi yarmida Tatyana Karimova va Akie Abe Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatriga tashrif buyurganlar.
Konsert dasturidan o‘rin olgan "Nindzya ayol", "Xayol kuyi", "Sakuraning ming daraxti", "Kuzgi oy", "Qaqnus", "Moviy osmon" kabi kuy-qo‘shiq va raqslar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan.
Shu bilan Yaponiya Bosh vazirining rafiqasi Akie Abening O‘zbekistonga tashrifi nihoyasiga yetgan.
Toshkent xalqaro aeroportida Akie Abeni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova kuzatib qo‘ygan.