TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Qoraqalpog‘iston poytaxtida, xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan, temiryo‘l vokzalining yangi binosi ochildi, "O‘zbekiston temir yullari" matbuot xizmati xabari asosida.
Binoning birinchi qavatida rasmiy delegatsiyalar qabul qilishga mo‘ljallagan zal va ona va bola xonasi, VIP-zal, yukxona, vokzal navbatchisi xonasi, tibbiyot punkti va boshqalar joylashgan. Har bir xona zamonaviy texnika va yumshoq mebel bilan jihozlangan.
Vokzalning ikkinchi qavatida kutish xonasi, mehmonxona va kafe joylashgan. Bilet sotish uchun yangi bo‘lim ham ochilgan. Butun binoda elektr tejaydigan yoritish tizimi o‘rnatilgan.
Nukusda temiryo‘l vokzali xizmatlaridan har kuni 800 kishi foydalanadi. Ushbu yil boshidan buyon vokzal 105 ming kishiga xizmat ko‘rsatdi.