TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Toshkenta qurilayotgan yangi Anhor-Lokomotiv bog‘i ochilish marisimi 8-avgustga mo‘ljallagan, deyilgan bog‘ning Facebookdagi sahifasida. Maydoni 8 gektar bo‘lgan bog‘ Anhor kanali bo‘ylab Labzak va Zulfiyaxonim ko‘chalari orasida Shaxontaur tumanida joylashgan.
Yangi bog‘ hududida restoran, bir necha kafe, musiqali va rangli chiroqlar bilan bezatilgan bir necha fontanlar, bolalay maydonchalari hamda 320 o‘ringa ega bo‘lgan yozgi teatr joylashgan.
Bog‘da shaharda yagona bo‘lgan bir necha attraksionlar joylashgan. Bog‘ning usti yopiq hududida MDHda eng uzun yo‘lakka ega bo‘lgan kartodrom va o‘yinlar markazi joylashgan.
Dam oluchilar bog‘da O‘zbekistonning eng mashhur tarixiy yodgorliklari: Xivadagi Kalta minorni, Samarqanddagi Sherdor madrasasini, Buxorodagi Kalon minorasini, Andijondagi Bobur memorial kompleksini, Temuriylar muzeyi, Teleminora va Toshkent Kurantlari maketlarini tomosha qilishlari mumkin.
Anhor bo‘yida uzunligi 40 metr, va suv oqimi balandligi 50 metrgacha bo‘lgan, raqsga tushuvchi fontan rang-barang chiroqli fontan ham ishga tushiriladi.