O‘zbekiston Boeing 787 samolyotining suratlari paydo bo‘ldi

© Viktor Tsoy/TwitterBoeing-787 Dreamliner
Boeing-787 Dreamliner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Orzu layneri”da uchishni orzu qilgan O‘zbekistonlik yo‘lovchilar ilk bor ushbu yilning sentabr oyida unda parvoz qilishlari mumkin.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston Havo yo‘llari tomonidan sotib olingan ikki Boeing-787 Dreamlinerining birinchi surati paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Twitter foydalanuvchilaridan biri.

Boeing 787-9 Dreamliner yo‘lovchi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston XY Sentabrda Boeing-787 Dreamliner samolyotida parvozlar amalga oshira boshlaydi

Samolyot, “O‘zbekiston Havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining firma bo‘yoqlariga bo‘yalgan bo‘lib, uning dum qismida aviakompaniya logotipi surati solingan.

Boeing787 Dreamliner, bugungi kunda zamonaviy, qulay va uzoq masofalarda eng tejamkor samolyot hisoblanadi. “Orzu layneri”da uchishni orzu qilgan O‘zbekistonlik yo‘lovchilar, ilk bor ushbu yilning sentabr oyida unda parvoz qilishlari mumkin.

Toshkent xalqaro aeroportida ushbu ulkan samolyot qo‘nishi, uchishi va unga texnik xizmat ko‘rsatilishi hamda ta’mirlanishi  uchun tayorgarlik ishlari ko‘rilgan. Xususan, Boeing-787 turdagi samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish, kerak bo‘lganda uning kompozit materiallardan yasalgan detallarini yasab chiqish uchun maxsus angar va sex qurilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0