Rossiyada Umar Hayyomga birinchi haykal o‘rnatildi

© astrobl.ruPamatnik Omaru Xayamu v Astraxani
Pamatnik Omaru Xayamu v Astraxani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Astraxandagi talabalar bog‘ida o‘rnatilgan haykalning balandligi 4,3 metr, og‘irligi 1,5 tonna. Ushbu bronza haykal Astraxan viloyatiga Eronning G‘ilon viloyati tomonidan qilingan sovg‘a bo‘ldi.

TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Bugun Astraxan Davlat universitetidagi talabalar bog‘ida buyuk olim, faylasuf va shoir Umar Hayyom haykali ochildi, Astraxan viloyati ma’muriyati xabariga asosan.  

Haykalni G‘ilon viloyati general-gubernatori Muhammad Ali Najafi hamda Astraxan viloyati gubernatori Aleksandr Jilkin birgalikda ochishdi. Haykal G‘ilon viloyati Sanoat va savdo uyushmalari, konlari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari uyushmasi mablag‘i evaziga barpo etilgan.

Umar Hayyom haykali Astraxan Davlat universitetidagi talabalar bog‘ida, turkman shoiri Maxtumquli haykali qarshisigi o‘rnatilgan. Maxtumquli haykali ham Astraxan viloyatiga Turkmaniston tomonidan 2009-yilda sovg‘a qilingan edi.

© astrobl.ruAstraxanda Umar Xayyom haykali ochildi
Otkrilsya pamatnik Omaru Xayamu a Astraxani  - Sputnik O‘zbekiston
Astraxanda Umar Xayyom haykali ochildi

Haykal ochilish marosimida Astraxan viloyati gubernatori Muhammad Ali Najafini hamda G‘ilon Savdo va sanoat uyushmasi rahbari Tizxush Tabana Xadini “Astraxan viloyatiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi.

“Ushbu haykal Astraxan va G‘ilon vloyatlari  orasidagi do‘stlikning munosib ramzi bo‘lib qoladi. Biz o‘zaro ko‘p qirrali munosobatlarimizni avvalombor bir birimizning madaniyatlarimizni hurmat qilish asosida qurmoqdamiz. Biz buni butun Kaspiy hududidagi mamlakatlar orasida umumiy do‘stlik va rivojlanish uchun amalga oshirmoqdamiz”, — dedi Aleksandr Jilkin o‘zining minnatdorlik so‘zida.  

Balandligi 4,3 metr, og‘irligi 1,5 tonna bo‘lgan bronza haykal Yekaterinburg shahrida quyilgan. Uning muallifi Chelyabinsklik haykaltarosh Sergey Vorobyev. Haykalni yaratishga 7 oy vqt ketgan. Haykal aynan shunday qiyofada bo‘lish uchun uning dastlabki eskizi 5 marotaba o‘zgartirilgan.

Umar Hayyom haykali Tehron, Dushanbe, Ashxobod, Buxarest va boshqa shaharlarda ham o‘rnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0