Kichik halqa yo‘lida mudhish avariya tufayli katta o‘ra hosil bo‘ldi

© Voditeli TashkentaToshkentda issiq suv quvuri yorilib ketdi
Toshkentda issiq suv quvuri yorilib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda avariya yuz bergan joyda kattaligi avtomobilcha keladigan o‘ra hosil bo‘lgan, deydi guvohlardan biri. Yo‘l-komunnal xizmati xodimlari muammoni bartaraf etish bilan shug‘ullanishmoqda.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Sharof Rashidov ko‘chasi va Kichik Halqa yo‘li chorrahasida payshanba kuni issiq suv quvuri yorilib ketdi. Taksi haydovchisi jiddiy jarohat olgan, deb xabar qilmoqda ijtimoiy tarmoqdagi "Voditeli Tashkenta" guruhi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, quvur portlashi bugun soat 11.00larda ro‘y bergan. Chorrahada kutilmaganda issiq suv trubasi yorilishi yuz bergan. Quvurning bir qismi osmonga ko‘tarilgan va Neksiya avtomobiliga jiddiy shikast yetkazgan. Yer ostidan avtomobillar qatnaydigan yo‘lga qarab issiq suv fontan bo‘lib otilgan. Haydovchilarning qaynoq suv ko‘lmagini aylanib o‘tishlari esa tirbandlik hosil bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Ayni vaqtda avariya yuz bergan joyda kattaligi avtomobilcha keladigan o‘ra hosil bo‘lgan, deydi guvohlardan biri. Yo‘l-komunnal xizmati xodimlari muammoni bartaraf etish bilan shug‘ullanishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0