Primorye o‘lkasida yashovchi ayol o‘z uyida 900 migrantni ro‘yxatdan o‘tkazgan

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishMigranti iz Kitaya demonstriruyut dokumenti
Migranti iz Kitaya demonstriruyut dokumenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tergov xabariga ko‘ra, ushbu ayol Xitoy, O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon va Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlar fuqarolarini uz uyiga qalbaki ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan.

TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Primorye o‘lkasida yashovchi ayol o‘z kvartirasi manziliga 900 nafar migrantlarni hisobga qo‘ygan, deb xabar bermoqda o‘lka Prokuraturasi.

Tergov xabariga ko‘ra, 2016-yilning mart oyidan boshlab, ushbu ayol mo‘may pul ishlab topish uchun  Xitoy, O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon va Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlar fuqarolarini uz uyiga ro‘yxatdan o‘tkazgan.

“Ussuriysk shahrida joylashgan xonadonida 893 nafar migrantlar noqonuniy ro‘yxatda turganligi ma’lum bo‘ldi. Chet el fuqarolari qonunda belgilangan, Rossiya Federatsiyasida bo‘lish va ro‘yxatdan o‘tish tartibini buzmaslik uchun ushbu ayol xizmatidan foydalanishgan”, — deb xabar qilmoqda prokuratura.  

Ushbu faoliyat mahalliy Federal Xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan aniqlangan va prokuratura yuborilgan. Prokuratura o‘tkazgan tekshiruvlar natijasida Rossiya fuqarosi va migratsiya qonunchiligini buzgan bir necha chet el fuqarolari ham aniqlanib ularga qarshi ish qo‘zg‘atilgan.

2014 yil boshidan beri Rossiyada migrantlarni qalbaki ro‘yxatdan o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik kiritilgan edi. Ushbu choralar allaqachon Rossiyadan ko‘p uchraydigan bir xonadonda yuzlab migrantlar qalbaki ro‘yxatdan o‘tadigan kvartiralarga qarshi o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Ikki yil davomida Rossiyada “rezina kvartiralar” soni 66 baravar kamaydi.

Yangiliklar lentasi
0