Dubaydagi qutqaruv operatsiyasi 45 soniya davom etgan

© twitterPojar v aeroportu Dubaya
Pojar v aeroportu Dubaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butun dunyodagi aviatsiya xavfsizligi sohasi ekspertlari, ushbu qutqaruv operatsiyasiga bir ovozdan yuqori baho berishdi.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Kecha Dubay aeroportida bo‘lgan favqulodda hodisa hali esingizda bo‘lsa kerak. U yerda Emirates aviakompaniyasining Hindistonning  Tiruvanantapuram shahridan uchib chiqqan samolyoti qo‘nish vaqtida dvigatellardan biri yonib ketgan edi.

Ekipaj  va aeroport qutqaruv xizmatlarining o‘ta professional va tezkor harakatlari ushbu favqulodda vaziyatda samolyot ichida bo‘lgan barcha odamni sog‘-omon olib chiqishga muvaffaq bo‘lindi. Butun dunyodagi aviatsiya xavfsizligi sohasi ekspertlari, ushbu  qutqaruv operatsiyasiga bir ovozdan yuqori baho berishdi.

Yong‘in boshlanganda samolyoti ichida 300 kishi  bo‘lgan, ulardan 282 yo‘lovchi va 18 ekipaj a’zosi. Samolyot to‘xtagan zamoniyoq ekipaj a’zolari, yonayotgan qanotga qarama-qarshi bo‘lgan, shamol kelayotgan tomonidagi barcha eshiklardan tezkor evakuatsiya yo‘laklarini tushirgan.

Samolyot ichida esa, stuartlar yo‘lovchilardan bagajni qoldirgan holda, tezda samolyotni tark etishni so‘rashgan. Shu bilan birga hech qanday baqir-chaqir yoki ortiqcha vahimaga yo‘l qo‘yilmagan.

Shunga qaramasdan ko‘pchillik yo‘lovchilar o‘z sumkalarini olmoqchi bo‘lishgan. Ekipaj ae’zolari ularga qayta-qayta bagajni qoldirib tezda chiqishni so‘raganining guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Pastga tushgan yo‘lovchilarni aeroport xodimlari tezda uzoqroq va xavfsizroq joyga olib ketishga muvaffaq bo‘lishgan. Natijada yonayotgan samolyot ichidan 300 kishi 45 soniya ichida xavfsiz joyga olib chiqib ketilgan.

Yangiliklar lentasi
0