OAV: Turkiya janubida portlash ro‘y berdi, jabrlanganlar bor

© ADEM ALTAN / AFPTurkiyadagi ahvol
Turkiyadagi ahvol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Portlash Turkiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga qarshi o‘tkazilayotgan norozilik aksiyasi davomida ro‘y berganligi aytilmoqda.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Portlash Turkiyaning Antaliya provinsiyasida ro‘y bergan. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohat olgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash Turkiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringanlarga qarshi o‘tkazilayotgan norozilik aksiyasi davomida ro‘y bergan.

"Bu qo‘laki bomba bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin", — deb ta’kidlamoqda Antaliya provinsiyasi rahbari Semil Tonbul.

Hozircha ushbu portlash uchun hech bir jinoiy uyushma javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada bir guruh harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringan edi. Natijada, 246 kishi halok bo‘lgan, ikki mingdan ziyod kishi jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0