TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Moskva viloyatidagi 470-xizmatchi itlar markazi bazasida o‘tkazilayotgan ushbu tanlov 31-iyulda boshlangan bo‘lib, 10-avgust sanasiga qadar davom etadi.
Hozircha ushbu bellashuvda Xitoylik harbiy kinologlar yetakchilik qilmoqdalar. Undan keyingi o‘rinlarni esa Rossiya va Qozog‘istonlik kinologlar egallagan.
Xitoy jamoasi katta vakili polkovnik Chen Chanlinning aytishiga qaraganda, tanlov ishtirokchilari "mashg‘ulotlar davomida a’lo natijalarni ko‘rsatishgan".
"Mening fikrimcha, bu kabi tanlovlar davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib, turli davlatlar kinologlari o‘rtasida professionallik darajasini oshirishda katta rol o‘ynaydi", — dedi Xitoy Xalq armiyasi jamoasi katta vakili.
Eslatib o‘tamiz, Moskva viloyatlarining birida Xalqaro Armiya o‘yinlari-2016 doirasida bo‘lib o‘tayotgan "Harbiy do‘st" tanlovida Rossiya, Belorus, Qozog‘iston va Xitoy davlatlaridan 25 nafar otrad rahbari o‘z xizmat itlari bilan qatnashmoqdalar.