TOShKENT, 3 avg – Sputnik. Janubiy Koreyaning LG CNS kompaniyasi 2016-2017 yillari davomida O‘zbekistonda davlat xizmatlarining yagona portalini yaratadi, deb xabar qildi Axborot texnologiyalari vazirligi vakili.
“Davlat xizmatlari portalining yangi ko‘rinishi davlat xizmatlari haqini elektron to‘lovlar yordamida amalga oshirish va elektron pul o‘tkazish tizimini ham o‘z ichiga qamrab olgan bo‘ladi”, — deyilgan vakil xabarida.
Loyiha birgalikda tashkil qilingan LG SNS Uzbekistan qo‘shma korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. 2015-yilning senyabr oyida tashkil qilingan korxona sarmoyadorlari LG CNS (51%) hamda “O‘zbektelekom” va “Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi” DUK birgalikda (49%) ni tashkil qildi. Qo‘shma korxona “Elektron hukumat” tizimi doirasida va iqtisodning boshqa sohalarida jami 15ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz O‘zbekistonda elektron hukumat tizimi 2013-yilda prezident Islom Karimovning hukumatga bergan topshirig‘idan boshlangan edi. Bugungi kunda “Elektron hukumat” tizimining 20 dan ortiq loyihasi ishga tushirilgan.