Tojikistonda Rossiya askari o‘ldirildi

© Sputnik / Amir IsayevStart ucheniy ODKB Poisk-2016 – Tadjikistan
Start ucheniy ODKB Poisk-2016 – Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning 201 polkining 40 yoshli askari Aleksey Buyenkov Qo‘rg‘ontepa shahrida restoranlaridan biridan mahalliy fuqaro bilan bo‘lgan janjalda o‘ldirilgan.

TOShKENT, 3 avg – Sputnik. Tojikistonda 201 Rossiya harbiy bazasi katta serjanti o‘ldirildi. Katta serjant xizmat qilgan polk Qo‘rg‘on Tepa shahrida joylashtirilgan, RIA Novosti xabariga asosan.

Mahalliy OAVlar xabariga qaraganda, voqea yakshanba oqshomi sodir bo‘lgan. 201 polkning 40 yoshli katta serjanti Aleksey Buyenkov oilasi bilan restoranda dam olayotgan vaqta mahalliy fuqaro bilan janjallashib qolgan. Janjal oqibatida fuqaro unga pichoq sanchgan. Fojeadan keyin bir necha kishi hibsga olindi.

“Tergov ishlari 201 RHB vakillari  va Tojikiston huquqni saqlash organlari  bilan birgalikda olib borilmoqda. O‘ldirilgan askarning shaxsiy ma’lumotlari, jumladan uning Tojikistondagi xizmat muddati, e’lon qilinmaydi”, — dedi harbiy baza vakili.   

Ayni damda, qotillikda gumon qilingan bir necha kishi hibsga olingan.

© Akkaunt Alekseya Buyenkova v OdnoklassnikiFotografiya Alekseya Buyenkova v sotsialnoy seti Odnoklassniki
Fotografiya Alekseya Buyenkova v sotsialnoy seti Odnoklassniki - Sputnik O‘zbekiston
Fotografiya Alekseya Buyenkova v sotsialnoy seti Odnoklassniki

 

Yangiliklar lentasi
0