Mahalla hovlilari va yo‘llari beton qilinmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBetonirovanie pliti proyezjey chasti
Betonirovanie pliti proyezjey chasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda ko‘p qavatli binolar hovlilari va mahalla yo‘llarini beton qilish boshlandi. Beton bilan qoplashning asfaltdan bir necha ustunliklari bor.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Toshkent tumanlarida birin-ketin ko‘p qavatli binolar hovlilarini beton qilish boshlandi, deb xabar bermoqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shomansur Ahmedov.  

Uning so‘zlariga qaraganda, poytaxtda ushbu jarayon ikki yil oldin boshlangan. O‘tgan davr mobaynida 33 ming kvadrat metr hudud beton bilan qoplandi. Undan tashqari yana 5 ming kvadrat metr ushbu yil oxiriga qadar beton bilan qoplash rejalashtirilgan.

“Biz kelajakda ham ushbu ishni faol davom ettiramiz. Bizni davlat qo‘llab quvvatlamoqda. Bizga imtiyozli kreditlar berilmoqda, yetakchi milliy ishlab chiqaruvchilardan sementni tannarxida sotib olayapmiz”, — dedi tuman ma’muriyati rahbari.

Kvartallar ichidagi yo‘llarni va ko‘p qavatli uylar hovlilarini beton qilish, bir necha sabablarga ko‘ra asfaltdan ko‘ra afzalroq. Oxirgi yillar davomida Toshkentdagi shoh ko‘chalar qayta ta’mirlanib yangilangan, lekin mahallalar ichidagi yo‘llar o‘z holicha qolib ketgan edi.

Vaziyatni o‘zgartirish uchun ushbu hovli va kichik yo‘llarni beton bilan qoplashga qaror qilingan. Bunga sabab beton narxi asfaltdan ko‘ra arzonroq va beton yo‘l asfaltga qaraganda ancha ko‘p yil xizmat qiladi. Ushbu ishni amalga oshirish uchun maxsus texnika ham sotib olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Toshkentda Mustaqillikning 25-yilligiga bag‘ishlangan maxsus aksiya bo‘lib o‘tmoqda. Obodonlashtirishga bag‘ishlangan 50 kun aksiyasi davomida hovlilar va 275 mahalla yo‘llari ta’mirlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0