TOShKENT, 3 avg — Sputnik. TTZ-2 massivida kelasi yil yangi oziq-ovqat bozori quriladi. Bu haqida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shomansur Axmedov xabar qildi, Nuz.uz xabari asosida.
Yangi bozor qurilishi sobiq tramvay halqasi o‘rnida allaqachon boshlangan. Bozor yaqinda qurib bitkazilgan Oloy bozori loyihasi asosida qurilgan bo‘lib, unda alohida go‘sht, sut, meva-sabzavot va non mahsulotlari bo‘limlari bo‘ladi.
Shomansur Ahmedov aytishiga qaraganda bozor qurilishiga 7 mlrd so‘m kredit mablag‘i ajratilgan. Bozor ochilishi kelasi yilning Navro‘z bayramiga mo‘ljallangan.