O‘zbekiston va Qozog‘iston turistlar uchun chegarani ochadi

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston elchisi bu borada “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston turistlar uchun chegaradan o‘tish jarayonini osonlashtirish yo‘llarini izlamoqda, dedi Qozog‘iston elchisi Yerik Utembayev.

Qozog‘iston elchisi bu borada “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

“Biz O‘zbekiston bilan birgalikda turistlarni chegaradan oson olib o‘tadigan tartib ishlab chiqmoqchimiz, ya’ni turistlar uchun maxsus “yashil” koridorlar tashkil qilmoqchimiz. Albatta bunday holda bir necha yangi masalalar paydo bo‘ladi. Turistik kompaniyalarga ko‘proq ozodlik beriladi, lekin shu bilan bir vaqtda ularning zimmasiga kattaroq javobgarlik ham qo‘yiladi, chunki bundan mamlakat xavfsizligi zarar ko‘rishi mumkin. Ular faqat haqiqiy turistlarni olib o‘tishi kerak”, — dedi diplomat.

Elchi tashabbusining mazmuni, bu — Qozog‘istonning turistlar orasida ommaviy bo‘lgan, hududlariga kirishni osonlashtirishdir. Buning uchun ikkala tomondan ham ushbu tashabbusga qiziqishi bor bo‘lgan tashkilotlar hamda chegara va bojxona nazorati muassasalar harakatini birlashtirish kerak. O‘zbekistonlik turistlar orasida ommaviy bo‘lgan Sariagash hududi, ana  shunday ochiq zonalardan biriga aylanishi mumkin.

Elchining so‘zlariga qaraganda O‘zbekistonlik turistlar Ostona va Baykonurga ham tashrif buyurib bu yerda takrorlanmas yulduzlar tomoshasi yoki raketalarning kosmosga uchirilishini tomosha qilishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0