TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Uzcard hafta davomida soat 01:00 dan 04:00-gacha POS va E-POS terminallari protsessing markazi bilan aloqa vaqtinchalik uzilishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
"Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi shuni sizga ma’lum qiladiki, profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan hafta davomida soat 01:00 dan 04:00-gacha POS va E-POS terminallari protsessing markazi bilan aloqa vaqtinchalik uzilishi mumkin.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Uzcard 1-avgust kuni milliy to‘lov tizimida uzilishlar ro‘y berishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
E’tiborlisi, Beeline va Ucell kompaniyalari ham 1-avgust kuni SMS, MMS xizmatlari vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirib, bunday qilinishi boisi profilaktik ishlar o‘tkazilishi bilan izohlagan edi.