O‘zbekistonning 3 fuqarosi terrorchilikni targ‘ib qilgani uchun ozodlikdan mahrum etildi

© fotoliaOdil sudlov ramzlari
Odil sudlov ramzlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sudlanuvchilar Rossiyada ishlab yurganlarida Turkiston Islom harakati izdoshlari bilan tanishib, ular ta’siriga tushib qolganlar.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati sudi mamlakat uch nafar fuqarosini "Turkiston islom harakati"(TIH) xalqaro terrorchilik tashkilotining materiallarini targ‘ib qilgani uchun 5-yildan 6-yilgacha ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar qildi seshanba kuni O‘zbekiston huquq-tartibot muassasalari vakili.

"Sudlanuvchilar elektron tashuvchilar – flesh-karta va disklarda TIHning "islom halifaligini" tuzishga chaqiriqlari aks ettirilgan video va audiomateriallarni tarqatganlar", deb aniqlik kiritdi suhbatdosh.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sudlanuvchilar Rossiyada ishlab yurganlarida TIH izdoshlari bilan tanishganlaridan keyin propaganda ta’siriga tushib qolganlar.

O‘zbekistonda muntazam ravishda TIH a’zolari va tarafdorlari qo‘lga olinib kelinadi. 2015-yilning noyabrida Namanganda 4 nafar fuqaro TIH g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni kontrabanda qilish aybi bilan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum etilgandi.

Bosh qarorgohi Afg‘onistonda joylashgan TIH (Sobiq "O‘zbekiston islom harakati") 1996-yilda Afg‘onistonga qochib ketgan O‘zbekistonda taqiqlangan siyosiy partiyalar faollari tomonidan yaratilgan.

Rossiya, AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan bu tashkilot terrorchilik tashkiloti deb tan olingan. Tashkilot "Al-Qoida" va "Tolibon" terrorchilik tashkilotlari bilan bog‘langan. 2014-yilda TIH "Islom Davlati" jangarilariga qo‘shilishini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0