TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Andijondagi YTH oqibatida Lacetti ariqqa tushib ketdi, deb xabar qilmoqda nuz.uz.
Xabarga ilova qilingan suratda Lacetti avtomobilining old qismi ariqqa tushib ketgani, unga jiddiy zarar yetganini ko‘rish mumkin.
"Andijon shahrida Lacetti yo‘l o‘rtasidagi panjarani buzib, anhorga tushib ketdi", — deb izoh qoldirgan fotoxabar muallifi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olib, jabrlanganlar haqida rasmiy axborot yo‘q.