Murod Manzur Axmadboy haqida qo‘shiq kuyladi

© youtubeKadr iz klipa pesni Murod Manzura pro Axmadbaya
Kadr iz klipa pesni Murod Manzura pro Axmadbaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shiqqa peshana teri bilan topgan matizini kaptivaga almashtirmoqchi bo‘lgan Axmadboyning “abonentlaridan” biri misolida klip yaratilgan.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Yaqinda internetda Murod Mansur ijrosida Ahmadboy haqida yangi qo‘shiq paydo bo‘ldi. Aniqrog‘i “Ahmadboy” piramidasiga ishonib chuv tushgan kishi haqida.

Axmad aka, Axmad aka, Axmad aka
Ayting nima qilay endi Axmad aka?!
Tongi otmas kechalari oromim yo‘q
Bir kunim oq, bir kun qora — shaxmat aka.

Umuman olganda, qo‘shiq bizga manzur bo‘ldi, sifatli musiqa va yaxshi she’r asosida ijro etilgan va chiroyli klip suratga olingan.

Qo‘shiqning naqoratida “Axmad” so‘ziga “shaxmat” degan qofiya ishlatilgan. Bizga bu internetda Ahmadboy haqidagi juda ommaviy bo‘lgan videolavhani eslatdi. Unda bir yosh bola “Axmad, shaxmat otangga ming raxmat” deb qo‘shiq aytadi. Aytishlariga qaraganda, ushbu bolakay Axmadboyning “navigatori” bo‘lgan emish. Qanaqa navigator  deysizmi?  Bolakay ko‘cha boshida turvolib “Axmadboyni uyi qayerda?” deb so‘rab kelgan odamlarga yo‘l ko‘rsatar va evaziga suyunchi olar ekan. Shunaqa o‘zbekcha navigator.

Yangiliklar lentasi
0