TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Kaspersky Lab va iconKids & Youth tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, har beshinchi oila internet va unga ulangan gadjetlar janjal sababchisi bo‘lishi mumkin, degan fikrda, deb xabar qilmoqda Sputnik Latviya.
3700 oila ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnoma, virtual hayot qanday qilib oila qadriyatlarini barbod qilayotganini ko‘rsatib berdi, deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishicha, ilgarilari farzandlar yordam uchun o‘z ota-onasiga murojaat qilgan bo‘lsalar, endilikda ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga internet yordamida javob topishga harakat qilishmoqda.
Shuningdek, so‘rovnomada ishtirok etgan oilalarning deyarli teng yarmi (42%) — ijtimoiy tarmoqlarda o‘zaro do‘st tutinmasliklarini tan olganlar.
Kattalarning so‘zlariga ko‘ra, bu tufayli o‘smirlar noqulay ahvolga tushishlari mumkin.
Har to‘rtinchi ota-ona esa (23%) internet ularni o‘z farzandlaridan uzoqlashtirayotganini ta’kidlaganlar.