Times gazetasi Sputnik va RTga hasad qilmoqda

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishSputnik radio studiyasi
Sputnik radio studiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan dam olish kunlarida, Times sahifalarida Sputnik axborot agentligi va Russia Today telekanalini tanqid qiluvchi yettita maqola paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi deputatlari va Federatsiya kengashi vakillari Timesning ushbu faoliyatini – Rossiyaga qarshi rejalashtirilgan aksiya deb baho berishdi.

Ularning fikriga ko‘ra,  Times behudaga Sputnik va RT sahifalaridan ikkiyoqlama fikrlar va yolg‘on ma’lumotlar izlab topishga harakat qilgan. Oxirida, esa ular ushbu axborot agentliklari faoliyatiga “Putinning axborot urushi” deb baho bergan.

Dumaning Axborot  siyosati, axborot texnologiyalari va  aloqalar bo‘limi boshlig‘i Andrey Tumanovning fikriga ko‘ra  RT va Sputnik ustidan yog‘ilgan tanqid – bu rejalashtirilgan aksiya.

“Buning rejalashtirilgan ishligi ko‘rinib turibdi. Odatiy tadqid har zamonda bir marta bo‘lishi mumkin. Doimiy ravishda amalga oshirilayotgan tanqid esa —  ma’lum maqsad uchun oldindan rejalashtirilgani aniq. Shuning o‘zi ham bunday tanqidga ishonchni yo‘qotadi”, — dedi Tumanov RIA Novostiga.  

“Go‘yoki g‘arb nashrlari o‘z rahbariyatining fikrini bildirmaydigandek. Kechirasiz-u lekin ular Rossiyaga qarshi yanada agressiv shaylangan-ku”, — deb qo‘shimcha qildi deputat.

Tumanovning fikriga ko‘ra g‘arb nashrlari nafaqat o‘z dushmanlariga, balkim ular o‘z do‘stlariga qarshi ham axborot urushi olib bormoqda, deb hisoblaydi Tumanov.

“Har qanday nuqtayi nazar subyektiv bo‘lgani sababli, men odatda bir necha manbaadan berilgan axborotni solishtiraman. Ko‘p hollarda menda Russia Today telekanali nuqtayi nazari — ishonch uyg‘otadi”, — deb so‘zini yakunladi deputat.    

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Buyuk Britaniyada Sputnik axborot agentligi va "Russkiy mir" fondi vakolatxonalari ochilgan edi. Shundan keyin Britaniyaning barcha axborot agentliklarida Sputnik haqida tanqidiy maqolalar paydo bo‘ldi.

“Times hamma tanqid qilganda, jim turib boshqalardan ajralib qolmaslik uchun ham tanqid qilgan bo‘lishi mumkin”, — deb hisoblaydi Federatsiya Kengashi jamiyatda axborotni rivojlantirish komissiyasi rahbari Lyudmila Bokova.   

Vakolatxonalar ochilishida qandaydir yashirin ma’nolar yoki sabablar qidirish befoyda, chunki Rossiya va Buyuk Britaniya bir necha yuz yillik madaniy munosobatlar tarixiga ega. Britaniyada juda ko‘p rus tilida gaplashadigan odamlar yashaydi. Ularga rus tilida nashr etiladigan axborot manbaalari, adabiyotlar, maktablar kerak, — deb hisoblaydi Bokova. 

“Edinburg aholisiga buyuk rus madaniyati va urf odatlari bilan tanishish qiziq bo‘ladi. Bu faqatgina bizning munosobatlarimizni boyitadi va rivojlantiradi”, — dedi Bokova.

Agar Yevropa nashrlari Sputnik va RT haqida yomon so‘zlar aytishni boshlagan ekan, demak Rossiya axborot agentliklari ularning hurmatini qozonishga muvaffaq bo‘lishgan, deydi LDPR deputati Vadim Dengin.

“Buning uchun bizning axborot agentliklarimizdan faqat xursand bo‘lishimiz mumkin. Demak ular yaratayotgan kontent raqiblarning hurmatini qozongan va ularning o‘zlari bilan hisoblashishga majbur qilgan”, — dedi Dengin, RIA Novosti muxbiriga.  

Shu bilan bir vaqtda, bir narsani esdan chiqarmaslik kerak, Rossiya jurnalistlarini tanqid qilayotgan Yevropalik jurnalistlarning o‘zi — butunlay boshqacha fikrda bo‘lishi mumkin. Bu ularga tepadan berilayotgan buyutma bo‘lishi mumkin xolos.

Rossiyaning chet tillarida nashr etilayotgan axborot manbaalari oxirgi yillarda rivojlanib, jug‘rofiy jihatdan kengayib,  qiziqarliroq, yanada kreativ  bo‘lib  bormoqda”, — deydi deputat.

Yangiliklar lentasi
0