Toshkent Rossiya turistlari orasida eng ommaviy shaharlar o‘nligiga kirdi

Obuna bo‘lish
Rossiyalik turistlar Toshkentda o‘rtacha 2,5 kun vaqt o‘tkazadilar va mehmonxona uchun kuniga o‘rtacha 2400 rubl to‘laydilar.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Toshkentning Rossiyalik turistlar orasida ommaviyligi oshmoqda. RoomGuru xabariga ko‘ra,  ushbu yilning birinchi yarmida, Toshkent Rossiya turistlari orasida eng ommaviy bo‘lgan MDH shaharlari 10 ligiga kirdi.

Mehmonxona bron qilish internet xizmati yozishicha, O‘zbekiston poytaxtida mehmonlar odatda 2,5 kunga kelishadi va nomer uchun kuniga o‘rtacha 2400 rubl to‘lashadi.

MDH shaharlari orasida eng qimmat shahar bu Ostona hisoblanadi, bu yerda mehmonxonalar narxi 3,5 ming rublni tashkil qiladi. Eng arzon shahar esa Beshkek – bu yerda o‘rtacha narx – 1900 rubl.

Eng ommaviy 10 shahar ro‘yxatiga shuningdek Minsk, Olma-Ota, Baku, Yerevan, Kiyev, Vitebsk va Kishinev ham kirdi.

Yangiliklar lentasi
0