Suriyaning Idlib viloyatida Rossiya vertoleti urib tushirildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishMi-8 harbiy-transport vertoloti
Mi-8 harbiy-transport vertoloti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vertolotda 3 ekipaj a’zosi va Suriyada yarashtirish markazining ikki zobiti bo‘lgan. Qurbonlarning aniq soni haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Suriyaning Idlib viloyatida Rossiya Harbiy havo kuchlariga qarashli bo‘lgan Mi-8 transport vertoloti urib tushirildi, Mudofaa vazirligi xabariga asosan.

“Suriyaning Idlib viloyatida Aleppoga gumanitar yordam olib borib, Xmeymim aviabazasiga qaytib kelayotgan Mi-8 harbiy-transport vertoloti, yerdan turib o‘qqa tutish natijasida — halokatga uchradi”, — deyilgan xabarda.

Vertolotda 3 ekipaj a’zosi va Rossiya "Suriyada urishayotgan tomonlarni yarashtirish markazi"ning ikki nafar zobiti bo‘lgan. Harbiylar barcha vositalar yordamida qidirilmoqda. Qurbonlarning aniq soni haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Kremlda Mi-8 vertolotiga qilingan hujumida  qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirishmoqda.

Rossiya va Suriya payshanba kuni Aleppo shahridagi tinch aholini evakuatsiya qilishi bo‘yicha yirik gumanitar operatsiya boshlagan edi. Operatsiyada radikal jangarilar  nazorati ostida bo‘lgan tumanlardan tinch aholini olib chiqish uchun yangi koridirlar tashkil qilinmoqda. Undan tashqari Rossiya Aleppoga gumanitar yordam ham yetkizib bermoqda.

Yangiliklar lentasi
0