TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Yangilangan Taraqqiyot ko‘chasi va yo‘l bog‘lamasi avgust oyida ochiladi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati.
Uzunligi 2,9 km bo‘lgan yo‘l ikki tomonga 6 qatordan iborat bo‘lib u Mirzo Ulug‘bek ko‘chasini Ohangaron ko‘chasi bilan bog‘laydi.
Taraqqiyot ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgich ostidan o‘tadigan piyodalar yo‘laklari ta’mirlash allaqachon tugatilgan. Yaqin kunlar orasida yo‘l o‘tkazgich ta’mirdan chiqib, unda avtomobil harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Temir yo‘l o‘tkazgichi ham ishga tushishga tayor. Oldingi uch temir yo‘l o‘rniga bu yerdan ikki yo‘l o‘tadi – “Salar” bekati va “Toshkent” vokzali tomoniga qarab.