Irkutskdan olib kelingan taxtalar ichidan “yordam beringlar” degan xat chiqdi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishO‘rmon kesish korxonasi
O‘rmon kesish korxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva viloyati Serpuxovda yashovchi fuqaro olib kelingan taxtalar ichidan o‘rmon kesuvchi ishchilari yordam so‘rab yozgan xatini topib oldi.

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Serpuxovlik fuqro Irkutsk viloyatidan olib kelingan taxtalar orasidan yordam so‘rab yozilgan xatni topib olgan, deb xabar bermoqda Moskva viloyat politsiyasi.

Politsiya xabariga ko‘ra, Irkutsk viloyatining Bratsk shahridan Serpuxovga olib kelingan yog‘ochlar orasidan “Pamogite! Nas derjat bez vodi i pasporti. Tut nas mnogo. Albek”, deb yozilgan xatni topib olgan. U xatni darhol politsiya bo‘limiga olib borib bergan.

Ayni damda politsiya ushbu o‘rmon kesish korxonasi Irkutskning aynan qaysi joyida joylashganini aniqlamoqda. 

 

Yangiliklar lentasi
0