TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Hindistonning Assam va Bihor shtatlarida ro‘y bergan kuchli suv toshqini oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘lgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Bundan sal oldin qurbonlar soni 43 nafarni tashkil qilishi haqida xabar berilgan edi.
Hindiston IIV boshlig‘i Rajnatx Sing Assamga qilgan tashrifi chog‘ida unga 26 kishi qurbon bo‘lgani haqida aytishganini ma’lum qilgan. Bihor shtati favqulolla vaziyatlar departamenti taqdim etgan ma’lumotlarga binoan, juma kuni holatiga ko‘ra ushbu tumanda 26 kishi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun oldin bu ikki shtatda kuchli yog‘ingarchilik ro‘y bergan edi. Tabiiy ofat natijasida to‘rt million kishi u yoki bu tarzda jabr ko‘rgani aytilmoqda.
Ichki ishlar vaziri Assamga uyushtirgan safaridan so‘ng shtatdagi ahvolni "chatoq" deb baholagan, ammo shu bilan birga hukumat ushbu favqulodda vaziyatga qarshi samarali ish olib borayotganini aytgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bugungacha olti mingdan ziyod insonni qutqarishga muvaffaq bo‘lingan.