Andijonda sel kelishi tufayli odamlarning uylarini suv bosdi

© press-slujba MChS KRSel
Sel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sel kelishi 20 daqiqacha davom etgan, odamlarning uylarini suv bosgan.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Andijonda kuchli sel keldi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston nashriga hodisa guvohlaridan biri.

"Shaxardagi ariqda suv toshib, odamlarni uyini suv bosib ketdi. Sel kelishi kamida 20 daqiqa davom etdi. Suv ayrim odamlarning uyini poligacha yetibdi. Qorong‘i tushib qolgani va suv tizzagacha bo‘lgani hamda darvozalarni, devorlarni tagini qum to‘ldirilgan qoplarda to‘sishgani uchun uylarga kirishni imkoni bo‘lmadi", — dedi manba.

Eslatib o‘tamiz, hafta boshida Uzgidromet ayrim hududlarda sel kelish xavfi borligi haqida ogohlantirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0