TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Amerikalik parashutchi Lyuk Aykins 7,6 kilometr balandlikdan parashut va boshqa texnik moslamalar yordamisiz sakrashmoqchi. Uning qo‘lida faqatgina GPS navigator bo‘lishi aytilmoqda. RIA Novosti xabari asosida.
Shu paytga qadar 18 mingta sakrashni amalga oshirgan 42 yashar skayvayder shanba kuni samolyotdan sakrab, to‘rtta kran yordamida tortilgan to‘rning ichiga kelib tushishga urinib ko‘radi. Qutqaruv to‘ri kengligi futbol maydonining uchdan bir qismini tashkil etishi va u 20 mert bino balandligida tortilishi ma’lum qilingan.
Ektremalchining 2 daqiqalik parvozi Fox News telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinishi ta’kidlanmoqda.
© FacebookSkaydayver Lyuk Aykins
Skaydayver Lyuk Aykins
© Facebook