Beeline va Ucell 1-avgust kuni SMS va Internet xizmatlarini vaqtincha o‘chiradi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishUyali telefon
Uyali telefon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 1-avgust kuni uyali aloqa operatorlarining SMS va mobil internet xizmatlari 8.30dan 13:30ga qadar taqdim etilmaydi. Ovozli aloqa esa cheklovlarsiz ishlashi aytilmoqda.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Beeline va Ucell kompaniyalari rasmiy saytida bu haqdagi ogohlantirish 29-iyul kuni joylashtirilgan.

"Profilaktik ishlar o‘tkazilishi munosabati bilan 2016-yil 1-avgust kuni soat 8:30dan 13:30ga qadar SMS, MMS va Internet xizmatlari vaqtincha taqdim etilmaydi", — deya xabar qilingan beeline saytida.

Sal keyinroq xuddi shu mazmundagi xabarnomalar boshqa operatorlar tomonidan ham yuborilishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1-avgust kuni O‘zbekistonning barcha OTMlariga kirish uchun test imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi. Avtobuslar va metropoliten esa tonggi 4:30dan ish boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0