Erdo‘g‘on: isonchilar taqdiri haqida qayg‘urayotganlar Anqaraga do‘st emas

© REUTERS / Baz RatnerTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Turkiyada harbiy to‘ntarishni uyushtirmoqchi bo‘lganlar taqdiri haqida qayg‘urayotganlar Anqaraga do‘st bo‘lolmasligi haqida gapirdi.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. "Turkiyadagi demokratiya emas, balki isonchilar taqdiri haqida jon kuydirayotganlar Anqaraga do‘st emas", — deya ta’kidlagan Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

"Ayrimlar bizga maslahat so‘qmoqda. Ularning aytishicha, ular juda qayg‘urmoqda. O‘zlaringizning muammolaringiz haqida qayg‘uring! Avval o‘zingizning hatti-harakatingizga bir boqing", — deb aytgan Turkiya rahbari. Uning so‘zlaridan Frans Press agentligi iqtibos keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada harbiy ison 15-iyuldan 16-iyulga o‘tar kechasi ro‘y bergan. Harbiylar vertolot va tanklar yordamida aeroport, ko‘prik, OAV binolari va prezident saroyiga hujumlar uyushtirishgan. Turkiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, davlat to‘ntarishiga urinish harakatlari oqibatida 290 kishi qurbon bo‘lgan.

 

Yangiliklar lentasi
0