TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Saxalin viloyati savdo va sanoat palatasi vazirligi bosh vazir o‘rinbosari Nataliya Rozanova ayni vaqtda regionda olmalar narxi birmuncha qimmatlashdi, deya aytdi, deb xabar qilgan RIA Saxalin.
"Bugungi kunda Saxalinga olmalar JAR, Chili va Yangi Zelandiyadan olib kelinmoqda. O‘tgan oyga nisbatan olmalar narxi 12 rublga qimmatlashdi. Biz shuningdek O‘zbekistondan olmalarni olib kelishni yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Umid qilamizki, kelgusi oyda vaziyat barqarorlashadi va avgust oyi o‘rtalarida olmalar narxi 80-100 rublni (Rossiya Markaziy Banki kursi bo‘yicha 1 $ dan 1,5 $ gacha) tashkil qiladi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, ayni vaqtda O‘zbekistonda olmalar narxi 3 ming so‘mdan 9 ming so‘mgacha (ya’ni bozor kursi bo‘yicha 0,5 $dan-1,5 $gacha).