O‘zbekistonda birinchi marotaba kirish imtihonlari onlayn tarzda namoyish etiladi

© UITToshkentdagi Inxa universiteti
Toshkentdagi Inxa universiteti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahridagi Inha universiteti(IUT) 2016-yilning 29-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan imtihonlar jarayonlarini real vaqt rejimi(online)da namoyish etadi.

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. IUT O‘zbekistonda birinchi marotaba kirish imtihonlarini online tarzda namoyish etadi, deb xabar qilingan universitet rasmiy saytida.

Bundan oldin Inxa universiteti kirish imtihonlari shaffof va ochiqligiga ishonch hosil qilishlari uchun OAV vakillarini ushbu jarayonni kuzatishga taklif qilgan edi.

Shuningdek, barcha xohlovchilar kirish imtihonlari jarayonlarini live.inha.uz. havolasi orqali online tarzda kuzatishlari mumkin.

© Universitet InxaUniversitet Inxa
Universitet Inxa - Sputnik O‘zbekiston
Universitet Inxa

"Mazkur sahifa TAS-IX hududida joylashganligi sababli, video oqimning yuklanishdagi tezligini ta’minlaydi. Ko‘pgina internet-provayderlar  TAS-IX dagi trafiklarga haq olmagani uchun, foydalanuvchilarning mablag‘lari  tejaladi", — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Inxa universituti yangi o‘quv yilida 330 nafar talabani qabul qilishni rejalashtirgan. Ulardan 250 nafari Kompyuter injiniring va Daturiy injiniring, 70 nafari esa Logistika yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladilar.

Yangiliklar lentasi
0