TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Moskva Migratsiya markazi mehnat migrantlarini oldindan ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirigan, Moskva Iqtisodiy rivojlanish departamenti xabariga asosan.
“Moskva hukumati migratsiya qonunchiliga va patent to‘lovlari borasida mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklarni oldini olish maqsadida, migrantlarni Rossiyaga kelishdan oldin ogohlantirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari bilan ushbu mamlakatlarda Moskvada ishga joylashish qoidalari haqida ma’lumotlarni o‘zbek va tojik tillarida tarqatish haqida bitimga kelishilgan”, — deyilgan xabarda.
Undan tashqari, Moskva Iqtisodiy rivojlanish departamenti migrantlar ishlayotgan korxonalar faoliyatini qonuniylashtirishga chaqirdi.