TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi rasmiy saytida xabar qilingan.
"Toshkent shahar hokimligi, Toshshahartransxizmat uyushmasi 2016-yilning 1-avgust kuni mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlariga test sinovlari bo‘lib o‘tishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida poytaxtimizda jamoat transporti — avtobuslar va metropoliten tonggi 4:30 dan xizmat ko‘rsata boshlashini ma’lum qiladi", — deyilgan xabar matnida.
Eslatib o‘tamiz, bundan sal oldin 1-avgust kuni Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanishi haqida xabar berilgan edi.