Valuyev: Chagayev bir bokschi orzu qilishi mumkin bo‘lgan barcha yutuqlarga erishdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishRossiya Davlat Dumasi deputati Nikolay Valuyev
Rossiya Davlat Dumasi deputati Nikolay Valuyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Nikolay Valuyev bugun o‘z faoliyatini tugatganini e’lon qilgan Ruslan Chagayev haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik, Regina Xoxlova. Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, Rossiya Davlat Dumasi deputati Nikolay Valuyev Sputnik nashriga bergan intervyusida bugun o‘z faoliyatini yakunlagan bokschi — Ruslan Chagayev borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Valuyevning so‘zlariga ko‘ra, faqat sanoqli bokschilargagina 40 yoshgacha o‘z kasbida "ushlanib" qolish nasib etadi.

"Nazarimda 37 yosh — karyerani tugatish uchun ayni vaqti. Katta sportda 40 yoshdan keyin ushlanib qoladigan odamlar sanoqli. Har bir sportchi faqat o‘ziga ma’lum sabablarga ko‘ra sportni tark etadi. Men ham sog‘lig‘im bilan bog‘liq muammolar tufayli ringdan ketishga majbur bo‘lgan edim. Mening fikrimcha, Ruslan Chagayev bir bokschi xavas qilishi mumkin bo‘lgan barcha yutuqlarga erishdi. U jahonning havaskor va professional bokschilari orasida chempion edi, qo‘rqmasdan karyera bobida unga omad kulib boqdi, deb aytish mumkin", — deb ta’kidladi rossiyalik bokschi.

Eslatib o‘tamiz, bugun andijonlik bokschi Ruslan Chagayev o‘z faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bokschining menejeri Timur Dugazayev so‘zlariga qaraganda, Chagayevning bunday qaror qabul qilishiga ko‘zlari bilan bog‘liq muammo sabab bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0