TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Rossiyaning Su-24 bombardimonchisi Ahmad Dovudo‘g‘li buyrug‘i asosida urib tushirilgan. Bu haqda Hurriyet ma’lumoti asosida RIA Novosti xabar qilgan.
Dovudo‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, buyruq nafaqat Rossiya samolyoti, balki Turkiya havo bo‘shlig‘iga tegishli bo‘lgan.
"Davlatimiz urf-odatlariga ko‘ra, Bosh vazir Bosh qo‘mondonlikka qurollangan kuchdan foydalanish qoidalari haqida yozma buyruq yo‘llaydi. Men 10-oktabrda shunday buyruq chiqarganman", — deb ta’kidlagan u NTV telekanali efirida.
"Oradan sakkiz oy o‘tgach bu masalani ko‘tarish noto‘g‘ri… Agar hodisa bugun ro‘y bergan bo‘lganda, men siyosiy mas’uliyatni o‘z zimmamga olgan bo‘lardim", — deb qo‘shimcha qilgan u.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyi oxirida Turkiyaning F-16 qiruvchisi Suriya osmoni ustida Rossiyaning Su-24 bombardimonchisini urib tushirgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu harakatga "terrorchilar hamtovoqlari tomonidan orqadan berilgan zarba” deya baho berib, Anqaraga nisbatan bir qator iqtisodiy choralarni kiritgan edi. Joriy yil iyun oyi oxirida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on bo‘lib o‘tgan voqea uchun kechirim so‘radi.